Facebook top-menejyeri IShIDga qarshi “layklar” bilan kurashishni taklif qilmoqda
Facebook’ning bosh boshqaruvchi direktori Sheril Sandberg ijtimoiy tarmoqda IShID terrorchilik guruhini “layklar” (like) bilan mag‘lub etish mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Sandberg bu haqda Davosda bo‘lib o‘tayogan Jahon iqtisodiy forumida internetda xavfli guruhlar bilan kurashish haqidagi nutqi davomida aytib o‘tdi. U Facebook foydalanuvchilari avvalroq neonatsist qarashlarga ega guruhga “layklar” bilan hujum qilishganini misol sifatida keltirib o‘tdi.
“IShIDning yollashiga qarshi norozilikni ifodalashning eng yaxshi usuli bu yollanib, buning ayanchli oqibatini o‘zlarida his qilib, u yerdan qutulib va haqiqatni aytgani ortlariga qaytgan odamlarning ovozlaridir”, deb hisoblamoqda Sandberg.
Internetda jangarilarga qarshi kurash muammosi ko‘pchilik siyosatchilar va texnologik kompaniyalar rahbarlarini tashvishlantirmoqda. Avvalroq Donald Tramp IShIDni to‘xtatish uchun Bill Geytsga “internetni yopib qo‘yishni” taklif qilgandi.