Jahon | 18:35 / 22.01.2016
13698
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri: Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishi mumkin

AQSh davlat kotibi Jon Kerrining ta'kidlashicha, Minsk kelishuvlari bajarilgan taqdirda Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishi mumkin. Bu haqda u Davosda o‘tayotgan xalqaro iqtisodiy forumdagi chiqishida aytib o‘tdi.

“Yetarlicha harakat qilinsa, muammoni ikki tomondan ham halol va qonuniy yechimga harakat bo‘lsa, yaqin bir necha oy mobaynida Minsk kelishuvlari bajarilishi mumkin va mana shunda Rossiyaga qarshi sanksiyalar ham bekor qilinadi”, - dedi u.