Jamiyat | 21:59 / 22.01.2016
6001
2 daqiqa o‘qiladi

Minneapolis ko‘chalarida “o‘z-o‘zicha sayr qiluvchi shimlar” paydo bo‘ldi

AQShning Minneapolis shahrida yashovchi Tom Grotting “o‘z-o‘zicha sayr qiluvchi shimlar” bilan mahalliy memni boshladi. U ho‘l kiyimni muzlatib, qotib qolgan holatida ko‘chalarda o‘rnatadi – bu chetdan go‘yoki kiyimlar o‘z-o‘zicha sayr qilayotgandek ko‘rinadi.

Grotting bir necha yillardan beri shunday hazilkashlik bilan shug‘ullanib keladi, biroq bu yili uning bu qiziqishi ommalashib ketdi. Bu Grotting feysbdukdagi mahalliy guruh “I Love NE Minneapolis”da bu holat aks etgan fotosuratlarni joylashtirgandan keyin yuz berdi. Endilikda shimlarni muzlatish bilan hamma shug‘ullanishga tushib ketdi.

Muzlatilgan shimni hosil qilish uchun uni biror idishda ho‘llab, so‘ngra ko‘chada sovuqqa osib qo‘yish kerak. Grottingning aytishicha, shim qotishi uchun yarim soatdan kamroq vaqt kerak bo‘ladi.