O‘zbekiston | 20:36 / 22.01.2016
10346
1 daqiqa o‘qiladi
Qarshi shahrida 30 metr balandlikdagi kurant qurilmoqda
Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrining O‘zbekiston va Mustaqillik ko‘chalari kesishgan nuqtasida "Yakkabog‘ qo‘rg‘oni" injiniring kompaniyasi bunyodkorlari tomonidan yangi kurant qurilmoqda. Bu haqda “Qashqadaryo” gazetasi xabar bergan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, kurant 12 metr diametrdagi aylana o‘rtasida joylashadi va undagi soatni to‘rt tomondan ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Kurantning binosi 3,7x3,7 metr o‘lchamda, balandligi esa 29,5 metrni tashkil etadi.
Manbaning yozishicha, uning qurilish ishlari 2016 yilning birinchi yarmida nihoyalanadi.