Jamiyat | 12:45 / 22.01.2016
9474
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston Rossiya bilan GESlar qurilishi bo‘yicha shartnomalarni bekor qildi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Rossiya bilan Qambarota-1 GESi va Yuqori Norin GES kaskadi qurilishi bo‘yicha shartnomalarni denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident ma'muriyatining axborot siyosati bo‘limi ma'lumot berdi.

Har ikki shartnoma 2012 yil 20 sentabr kuni Bishkekda imzolangan edi.
Denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun Jo‘qorg‘i Kengash tomonidan 2016 yil 20 yanvar kuni qabul qilindi.