Jamiyat | 22:21 / 23.01.2016
11961
2 daqiqa o‘qiladi

OAV Anjyelina Joli va Bred Pittning ajrashish sanasidan xabar topishdi

Xorijiy OAV Gollivudning mashhur juftliklaridan biri bo‘lgan aktrisa Anjyelina Joli va aktyor Bred Pitt o‘rtasidagi munosabatlarda jiddiy muammolar borligi haqida xabar berishmoqda.

AQShning In Touch Weekly jurnali ma'lumotlariga ko‘ra, Joli va Pitt nikoh to‘ylaridan 17 oy o‘tib ajrashishni rejalashtirishmoqda.

Juftlikka yaqin manbaning ma'lum qilishicha, Joli va Pitt suratga olish ishlaridan qaytishgach, ajrashishga hujjatlar topshirishni rejalashtirishmoqda.

Manbaning aytishicha, Joli va Pitt ajrashishgandan keyin ham munosabatlarni davom ettirishadi va muhim hodisalar va bayramlarni farzandlari bilan birga o‘tkazishadi.

Jurnalning ta'kidlashicha, bu ajrim juftlikning farzandlari uchun yangilik bo‘lmaydi, chunki Joli va Pitt anchadan beri deyarli alohida-alohida yashashmoqda. Biroq endi ular o‘z munosabatlarini rasman uzishga qaror qilishgan ko‘rinadi.

40 yoshli Joli va 52 yoshli Pitt 10 yildan ko‘proq uchrashib yurishgan va 2014 yil avgustida nikoh qurishgandi. Juftlik uchta asrandi: kambojalik Meddoks, vetnamlik Paks va efiopiyalik Zaxarani hamda o‘zlarining biologik farzandlari Shaylo va egizak Noks va Vivenni tarbiya qilishadi.