O‘zbekiston | 00:08 / 23.01.2016
7025
2 daqiqa o‘qiladi

Vetnamning Petrovietnam kompaniyasi O‘zbekistonda neft va gaz qidirishni to‘xtatmoqda

Vetnamning Petrovietnam Exploration & Production (PVEP) kompaniyasi neft-gaz bozoridagi salbiy vaziyat tufayli O‘zbekiston hududida neft va gaz qidirishni to‘xtatishga qaror qildi, deb xabar berdi kompaniya vakili.

PVEP’ning sho‘'ba orxonasi Kossor Operating Company 2016 yilda ikkinchi qidiruv-razvedka qudug‘ini burg‘ilashi va Ustyurt hududida olingan natijalarni baholashi rejalashtirilgan edi.

Ma'lum qilinishicha, kompaniya joriy yilda geologorazvedka o‘tkazish uchun lisenzion kelishuvni bekor qilmaydi, biroq ishlar qachon qayta boshlanishini aytishga qiynalmoqda.
2010 yilda PVEP va “O‘zbekneftegaz” MXK G‘issor investitsion blokida 5 yil davomida geologik razvedka ishlarini o‘tkazishning asosiy tamoyillari haqidagi kelishuvni imzolagan edi. Burg‘ilash natijalariga ko‘ra sanoatlashmagan gaz oqimi olingan va qidiruv ishlarini davom ettirishga qaror qilingandi.

Avvalroq tijorat nuqtai nazaridan Ustyurt platosining O‘zbekistondagi qismida neft va gaz qidirishni davom ettirishdan Janubiy Koreyaning Daewoo va KNOC va Malayziyaning Petronas kompaniyalari voz kechgandi. Bundan tashqari, Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi ham ushbu hududda qidiruv o‘tkazish uchun bir qator lisenzion maydonlarni O‘zbekistonga qaytib berdi.