Sport | 23:23 / 24.01.2016
4968
2 daqiqa o‘qiladi

“Chelsi” ko‘pchilik bo‘lib harakatlanib “Arsenal”ni mag‘lub etdi

Angliya Premer-ligasining 23-turida “Chelsi” “Arsenal” ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. Kanonirlarning uy maydoni “Emireyts”da bo‘lib o‘tgan uchrashuv 0:1 hisobida yakunlandi.

Arsen Venger shogirdlari uchrashuvning 18-daqiqasida kamchilikda qoldilar: himoyachi Per Mertezaker Diyego Kostani yiqitgani uchun qizil kartochka oldi. Gus Xiddink jamoasi imkoniyatdan foydalanib, 23-daqiqada hisobni ochdi: Diyego Kosta raqib himoyachilari orasidan yugurib chiqib, to‘pni kanonirlar darvozasiga yo‘lladi.

“Arsenal” bu mag‘lubiyatdan keyin musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallamoqda hamda peshqadam “Lester”dan 3 ochko va u bilan bir xil ochko to‘plagan “Manchester Siti”dan ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qolmoqda. 28 ochko to‘plagan “Chelsi” 13-o‘rinni egallamoqda.

Angliya Premer-ligasi. 23-tur
Arsenal – Chelsi – 0:1
Gollar: Kosta, 23 (0:1).
Chetlatish: Mertezaker, 18 (Arsenal)