Sport | 00:11 / 24.01.2016
6777
1 daqiqa o‘qiladi

“MYu” – “Sautgempton” uchrashuvida maydonda sichqon paydo bo‘ldi

Angliya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan “MYu” – “Sautgempton” uchrashuvida “Old Trafford” maydonida qanot bo‘yicha chopayotgan sichqon kuzatildi.

O‘tgan yilning yanvarida ham mankunianliklarning uy maydonida Shimoliy va Janubiy tribunalarni egallab olgan va arenaning ofis xonalariga kirib olgan sichqonlar muammosiga duch kelingandi. Shunday muammolar arenada 2006, 2010 va 2012 yillarda ham yuzaga kelgandi.