Jamiyat | 11:07 / 24.01.2016
21972
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Uzoqov o‘zining saratonga chalingani haqidagi mish-mishlarni inkor etdi

So‘nggi vaqtlarda aktyor va rejissyor Alisher Uzoqovning vafot etgani haqida tarqalgan mish-mishlar qo‘shni mamlakatlardagi o‘zbekistonliklarning ham qulog‘iga borib yetdi, deb yozadi «Qalampir.uz». Mish-mishlarga oydinlik kiritish uchun nashr aktyor Alisher Uzoqov bilan bog‘langan.

"Shukrki, tirikman! "Muxlislar Alisher Uzoqov saraton kasaliga chalingan", degan gaplarga ham yo vafot etibdi degan mish-mishlarga ham ishonmasin. Sog‘lig‘imdan hech qanday shikoyatim yo‘q. Odamlarni bilasiz-ku, ko‘rmasdan, bilmasdan turib yangi gaplarni o‘ylab topadi. Shu kunlarda yangi film ustida ish boshlaganman. Ayni vaqtda o‘z uyimda ssenariy yozib o‘tiribman", deydi Alisher Uzoqov.

Nashrning qayd etishicha, aktyor haqidagi turli mish-mishlarning tarqalishiga uning ikki yildan buyon TV orqali ko‘rinmay qolgani sabab bo‘lgan. Uzoqov so‘ngi bor 2015 yilda tomoshabinlar e'tiboriga havola etilgan rejissyor Yolqin To‘ychiyevning "Hayotda" nomli filmida suratga tushgan edi.

2015 yilning oktabr oyida Alisher Uzoqovning hayotdan ko‘z yumgani haqida ham yolg‘on xabarlar tarqalgandi.

Aktyor Akbarxo‘ja Rasulovning to‘yida Alisher Uzoqovni ko‘rishdi