Jahon | 07:47 / 25.01.2016
4390
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq terrorchilikka qarshi kurashda xorijiy aralashuvga qarshi chiqmoqda

Iroq terrorchilik guruhi jangarilari bilan faqatgina o‘z kuchi bilan, xorijiy aralashuvsiz kurashadi, deb aytdi Iroq tashqi ishlar vaziri Ibrohim al-Ja'fariy. Bu haqda vazirlikning rasmiy saytida ma'lum qilindi.

“Iroqda terrorchilikka qarshi quruqlikdagi yoki boshqa istalgan operatsiya ba'zi maslahatchilardan tashqari, hech qanday aralashuvsiz, faqatgina Iroq kuchlari bilan boshqariladi”, deb aytdi al-Ja'fariy.

Al-Ja'fariy Iroq mustaqil davlat sifatida hech kimga o‘z mustaqilligini buzishga imkon bermasligini aytdi.

Avvalroq Pentagon rahbari Eshton Karter yaqin orada Iroq va Suriyada IShIDga qarshi quruqlikdagi operatsiya boshlanishini ma'lum qilgandi.