Jamiyat | 20:38 / 25.01.2016
5854
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston MXDQ askari rota boshlig‘i tomonidan qattiq kaltaklandi
Qirg‘iziston respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi askari rota boshlig‘i tomonidan qattiq kaltaklangan. Bu haqda jabrlanuvchining onasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinishicha, qo‘mita askar Abitbek o‘g‘li Mamarasulning onasiga Qirg‘iziston MXDQning №64479 raqamli harbiy qismda 21 yanvar kuni uning o‘g‘li rota boshlig‘i kapitan Aralbayev tomonidan kaltaklangani haqida bildirgan.
Qayd etilishicha, jabrlanuvchi ayni vaqtda harbiy gospitalga joylashtirilgan.
Ayni vaqtda bu hodisa harbiy prokuratura tomonidan tekshirilmoqda.
"Bu zobitning askarni kaltaklashi bo‘yicha ilk hodisa emas. Afsuski, ba'zi boshliqlar qo‘l ostidagilarga o‘ta shafqatsiz munosabatda bo‘lishadi", deydi jabrlanuvchining onasi.