Manba: Sanjar Tursunov «Vorskla» jamoasini tark etdi
O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchi Sanjar Tursunov Ukrainaning «Vorskla» klubi qarorgohini tark etgan.
Kun.Uz internet-nashrining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, futbolchi poltavaliklar bilan amaldagi bitimini bekor qilgan. Hozircha Sanjar Tursunovning aynan nima sababdan jamoa qarorgohini tark etgani borasida ma'lumotlar berilmagan.
«Bugun jamoa yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun Turkiyaga jo‘nab ketgan. O‘zbekistonlik futbolchi Turkiyaga bormagan», deydi Kun.Uz’ga axborot bergan manba.
Ma'lumot uchun, Tursunov «Vorskla» tarkibida jami bo‘lib 61ta uchrashuvda maydonga chiqqan bo‘lib, 10ta gol va 9ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Sanjar Tursunov boshida to‘pni qay darajada mahorat bilan o‘ynashini ko‘rsatib berdi