Jahon | 12:12 / 25.01.2016
14277
1 daqiqa o‘qiladi
Saudiya AQSh qarz bozorini qulatishi mumkin
Saudiya Arabistoni tomonidan byudjyet majburiyatlarini bajarish maqsadida AQSh g‘aznachilik qog‘ozlarining sotilishi ushbu davlatning qarz bozoriga jiddiy salbiy ta'sir o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi yozmoqda.
“Oxirgi bir yil davomida Saudiya Arabistoni 100 mlrd dollarlik valyuta zaxiralaridan qutuldi, chorak asr davomidagi eng katta byudjyet taqchilligini yopish uchun. U, shuningdek, qirollik xazinasi - Saudi Aramco davlat kompaniyasini sotishni rejalashtirmoqda. Jahondagi eng muhim obligatsiyalar bozorida Saudiya Arabistoni ulushining juda kattaligi xavotirga sabab bo‘lmoqda”, - deyiladi xabarnomada.
Agentlik mutaxassislariga ma'lum bo‘lishicha, AQSh g‘aznachiligi qog‘ozlarida Saudiya eng katta ulushga egadir.