Sport | 14:57 / 25.01.2016
9535
2 daqiqa o‘qiladi

Utkin: "Ish izlayapman. Rezyume: Piyonista va telba"

Rossiyalik taniqli sharhlovchi Vasiliy Utkin yangi ish izlayotgani haqida ma'lum qildi.

22 yanvar kuni «Match TV» rahbariyati sharhlovchilar tarkibida qisqartirishlar amalga oshirishi haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, bir qator yetakchi sharhlovchilar ishdan ketishi, ular qatorida Vasiliy Utkin hamda Georgiy Cherdantsev nomlari ham borligi aytilgandi.

Undan oldinroq, 20 yanvar kuni Vasiliy Utkin «Match TV» telekanalidan ketayotgani haqida ma'lum qilgandi. U 2016 yilda Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladigan olimpiadaga bag‘ishlangan «Rio jdet» ko‘rsatuvidagi ishtirokini to‘xtatgani, ishdan ketishiga YeChLning guruh bosqichi doirasidagi «Bayyer» va «Barselona» bahsi vaqtida uxlab qolgani sababligi haqida aytgandi.

Bugun u tvitterida quyidagi gaplarni yozgan:

"Demak, janoblar. Men yangi ish qidirishni boshladim. Rezyume: alkash va telba. O‘yinlarni sharhlamayman, faqat post yozaman"

O‘zbekistonlik tvitter foydalanuvchilari uni Sport TVga chaqirishni taklif qilgan.

Utkin va bir qator sharhlovchilar «Match TV» kanalining shtatdagi xodimlari ro‘yxatidan chiqarildi