Jahon | 23:22 / 25.01.2016
4889
1 daqiqa o‘qiladi

Videoxit: snoubordchi qor bilan qoplangan Nyu-York bo‘ylab snoubordda uchdi

AQShlik ekstremal Keysi Neystatning Nyu-York qo‘chalaridan birida snoubordda uchgani tasvirlangan video internet foydalanuvchilarini mavh etmoqda, deb yozmoqda The Daily Mail nashri.

Neystat Nyu-Yorkka ikki kun ichida 68 santimetrlik qor yoqqanidan foydalanishga qaror qilgan. Ko‘chalarda o‘sha kunlari faqatgina favqulodda xizmatlar avtomobillariga harakatlanishga ruxsat berilgandi.

Biroq bu Neystateni to‘xtata olmadi. U jipga tirkalib olgan holda, shahar bo‘ylab snoubordda uchgan va videoning 2:12 daqiqasida politsiyachilar avtomobilidan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Video ekstremalning CaseyNeistat deb nomlangan rasmiy Youtube-kanalida chop etilgan va bir kun ichida 5 mln namoyish to‘plagan.