Iqtisodiyot | 20:59 / 25.01.2016
6006
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoydan kapital oqib ketishi 1 trln dollarga yetdi

2015 yil natijalariga ko‘ra, yuanning devalvatsiyasi, iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi va fond bozoridagi pasayish ortida Xitoydan kapital oqib ketishi 1 trln dollarga yetdi. Bloomberg Intelligence ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsaktich 2014 yildagidan 10 barobar ko‘proqni tashkil qilgan, 2014 yilda Xitoydan 134,4 mlrd dollar oqib ketgan. Bu 2006 yildan beri olib borilayotgan kuzatuvlar davomidagi eng katta miqdor bo‘ldi.

2015 yil dekabrda kapitalning chiqib ketishi noyabrga nisbatan deyarli 50 mlrd dollarga oshgan. Yilning oxirgi oyi kapitalning chiqib ketishi bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi, bu oyda chetga chiqib ketgan kapital 158,7 mlrd dollarni tashkil qilgan. Xitoy iqtisodiyotini eng katta miqdordagi pul, ya'ni 194,3 mlrd dollar sentabrda tark etgan.

Yuanga, shuningdek, eksportchilarning o‘z mablag‘larini Xitoy valyutasiga konvertatsiya qilishni istamayotgani bosim ko‘rsatmoqda, ular o‘z mablag‘larini dollarda ushlashni afzal ko‘rishadi, deb ta'kidlab o‘tdi Bloomberg agentligining Osiyo bozorlari bo‘yicha iqtisodchisi Tom Orlik.

Capital Economics konsatling agentligining Osiyo bozorlari bo‘yicha katta iqtisodchisi Mark Uilyamsning baholashicha, Xitoydan kapitalning oqib ketishi joriy yilda ham yuqori darajada saqlanib qoladi, chunki Xitoy Markaziy banki investorlarning ishonchini qozona olmadi. Uilyamsning ayitishicha, kapitalning chetga maksimal chiqib ketishi yuan devalvatsiyasi bilan bog‘liq mamlakatning valyuta siyosatidagi kutilmagan vaqtga to‘g‘ri kelgan.

Xitoyning joriy yildagi valyuta zaxiralari 300 mlrd dollarga kamayib, 3 trln dollarni tashkil qildi, bu esa Xitoy Markaziy bankining milliy valyutani himoyalashga qodirliliga ishonchga putur yetkazmoqda. O‘tgan yili Xitoy valyuta zaxiralari 1992 yildan beri birinchi marta kamaygan.

Vashington Xalqaro moliyalar instituti avvalroq Xitoydan kapitalning chiqib kentishini 676 mlrd dollarga baholagandi. Uning prognoziga ko‘ra, 2016 yilda kapitalning chiqib ketishi 448 mlrd dollarni tashkil qiladi.