Jamiyat | 10:15 / 26.01.2016
8506
2 daqiqa o‘qiladi

Erkaklar va ayollar infarktining o‘rtasidagi farqlar aniqlandi

Olimlar erkaklar va ayollar infarkti o‘rtasidagi farqlarni aniqladi. Bu haqda AQSh kardiologiya uyushmasining Circulation jurnalida xabar qilindi.

XXI asrda AQShda yurak xastaliklari oqibatida kelib chiqadigan o‘lim holatlari ancha qisqarganiga qaramay, ayollar bu xastalikdan erkaklarga nisbatan ko‘proq aziyat chekadi. Buning sababi shundaki, tadqiqotchilarning fikricha, ayollarning yurak xastaliklarini davolash va diagnostika qilish yomon ahvolda.

Odatda infarktning sababi deb asosiy arteriyalarning berkilib qolishi hisoblanadi. Bu ayollarda kamroq kuzatiladi, lekin ularning koronar arteriyalari ko‘proq zararlanadi, bu esa yurak mushaklariga qon kelishini sustlashtiradi. Buning oqibatida ham infarkt kelib chiqadi.

Bundan tashqari, ayollarning qon tomirlar kichikroq bo‘lib, diabet va bosim oshishi xastaliklariga ko‘proq duchor bo‘lishadi. Bundan tashqari, ayollarga kardioreabilitatsiya kamroq joriy qilinadi, ayollarning o‘zlari ham tiklanish jarayonini kamdan-kam holda oxiriga yetkazadi.