Jamiyat | 19:43 / 26.01.2016
4037
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiyalik fermer tuyalarini yo‘ldan o‘tkazish uchun mashinalarni to‘pponcha bilan to‘xtatdi

Saudiyalik fermer tuyalarini yo‘ldan o‘tkazish uchun mashinalarni to‘pponcha bilan to‘xtatdi. Ushbu voqea haydovchilardan biri tomonidan videotasvirga tushirib olindi.

Sada gazetasi videoni YouTube servisiga joylashtirdi. Unda ko‘rinishicha, dehqon Kalashnikov avtomatini haydovchilarga o‘qtalib, ularni to‘xtatgan va tuyalarini yo‘ldan o‘tkazib olgan.

Voqea Xafr al-Botin shahri chetida sodir bo‘lgan.
Politsiya matbuot kotibi, polkovnik Ziyod al-Rug‘aytiyning ma'lum qilishicha, bu odam topilgan va hibsga olingan. 40 yoshli erkak qurolga litsenziyasi borligini aytib, haydovchilarga tahdid solganini inkor qilmoqda.