Torontolik rejissyor shikastlangan ko‘zi o‘rniga kamera o‘rnatdi
Kanadaning Toronto shahrida yashovchi rejissyor Rob Spens shikastlangan ko‘zi o‘rniga ichiga kamera o‘rnatilgan ko‘z soqqasi protezini o‘rnatdi. Bu haqda New York Post nashri xabar bermoqda.
Spens 9 yoshida bexosdan o‘z yuziga to‘pponchadan otib yuborgan va bir ko‘ziga ko‘r bo‘lib qolgan.
Spensning aytishicha, u hujjatli kino olish bilan shug‘ullanadi va o‘ziga xos bu kamera unga katta kameralardan foydalanmagan holda intervyu olishga yordam beradi. Nashrning ta'kidlashicha, bunda Google Glass texnologiyasi kabi, rejissyorning “yangi ko‘zi” tushadigan atrofdagi odamlarning daxlsizligi bilan bog‘liq xarakterdagi axloqiy masala yuzaga keladi.
Kamera ko‘rish asabiga ulanmagan, shuning uchun rejissyor suratga olish jarayonini bevosita ko‘ra olmaydi, tasvir portativ monitorga chiqariladi.