O‘zbekiston | 18:09 / 26.01.2016
15059
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent ko‘chalarida favqulodda bog‘lanish tizimlari paydo bo‘ldi

Toshkent ko‘chalarida favqulodda bog‘lanish tizimi ustunlari paydo bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, piyodalarning anchagina qismi bu qizg‘ish ustunlar nima uchun kerakligini bilishmadi. Shu bois Vot sayti xodimlari shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga murojaat qilishdi.

Jamoat joylarida (maydonlarda, transport bekatlarida, turarjoylarda, stadion va savdo markazlaradi) xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan ushbu sistema fuqarolarga kunning istalgan paytida huquq-tartibot organlari bilan bog‘lanib, favqulodda holat haqida ma'lumot berish imkonini yaratadi.

Jumladan, mobil telefon quvvati tugaganida yoxud jiddiy YTH sodir bo‘lganida aynan mana shu ustunlardan foydalanish tavsiya qilinmoqda.

Bundan tashqari, chorrahalardan birida svetofor ishlamay qolgan taqdirda transport harakatini bevosita mutaxassis tomonidan nazorat ostiga olinishi talab qilinsa, bunda ham mazkur tizim qo‘l keladi. Ayni paytda bunday holatlar yuz berganida ko‘pchilik qayerga va kimga murojaat qilishni bilmaydi, buning oqibatida mashinalarning betartib harakati tig‘izlikni keltirib chiqaradi, piyodalar esa uzoq muddat yo‘lni kesib o‘ta olmaydi.