Jamiyat | 11:33 / 26.01.2016
6496
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda talonchilik bilan shug‘ullanib kelgan kollejning 3-kurs o‘quvchilari hibsga olindi
Toshkent shahridagi kasb-hunar kollejlaridan birining 3-kurs o‘quvchilari Shahboz va Ahmad o‘g‘riliklar sodir etishda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, ular birinchi bora ko‘chada qarovsiz qoldirilgan Spark avtomobilidan 1.5 mln so‘mlik smartfonni o‘g‘irlashgan.
Bu ishning osonligiga amin bo‘lishgach, o‘smirlar yana bir necha bor o‘g‘rilikka qo‘l urishgan: ular bir oshxonadan 80 dollarlik tyuner va 1 mln so‘mlik toster, oziq-ovqat do‘konidan esa 2 mln so‘mlik ikkita toster va 1.5 mln so‘mlik mikser o‘g‘irlashgan.
Jabrlanuvchilarning arizasiga muvofiq o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida o‘g‘rilar qo‘lga olindi.