Jahon | 00:47 / 27.01.2016
3933
1 daqiqa o‘qiladi
Daniya parlamenti qochqinlardan pul va qimmatbaho buyumlarni musodara qilish to‘g‘risidagi qonunni ma'qulladi
Daniya parlamenti qochqinlardan qiymati 1340 yevrodan ko‘proq bo‘lgan pul va qimmatbaho buyumlarni musodara qilish to‘g‘risidagi qonunni ma'qulladi, deb xabar bermoqda Ekstra Bladet gazetasi.
Bu orada nikoh uzugi, oilaviy yodgorliklar kabi esdalik buyumlari musodara qilinmaydi. Bundan tashqari, yangi qonunga ko‘ra, muhojirlarning o‘z oilalari bilan birlashish muddatlari 1 yildan 3 yilgacha oshirildi.
Bu qaror inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkilotlarining e'tiroziga qaramasdan qabul qilindi.