Jahon | 17:12 / 27.01.2016
4397
1 daqiqa o‘qiladi
Eron AQShdan Ummon bo‘g‘ozidagi aviatashuvchisini olib ketishni talab qildi
Eron Harbiy-dengiz kuchlari AQShdan Ummon bo‘g‘ozidagi aviatashuvchisini olib chiqib ketishni talab qildi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar tarqatgan.
Xabarda aytilishicha, Eron bu hududda harbiy-o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazishni boshlagan. Amerikaliklar ogohlantirish olishgach, kema bo‘g‘ozdan chiqib ketgan.
Yanvar oyi o‘rtasida Eron harbiylari AQSh Harbiy dengiz kuchlarining ikkita katerini ichidagi 10 nafar dengizchisi bilan qo‘lga olgandi. Bu qayiqlar Bahrayndan Kuvayt tomon harakatlanayotganida Eron hududiy suvlariga kirib qolgani uchun qo‘lga olingan, bir kundan keyin qo‘yib yuborilgandi.