Messining polietilen paketdan yasalgan futbolkasini kiyib olgan bola Afg‘onistondan topildi
Polietilen paketdan Lionel Messining futbolkasini yasab, kiyib olgan bola Afg‘onistonda yashashi ma'lum bo‘ldi. Buni isbotlovchi suratlar Tvitterga joylashtirilgan.
Ayni paytda Avstraliyada yashaydigan, asli afg‘onistonlik bo‘lgan Azim Ahmadiy ismli foydalanuvchi Murtazo ismli besh yoshli jiyani suratlarini e'lon qilgan. Suratlarda paketdan futbolka yasab olgan bolakayning turli tomonlardan tushirilgan ko‘rinishlari aks etgan.
Bolaning otasi Orif qarindoshi Azimga Murtazoning asl fotosuratlarni yuborgan. Uning oilasi ayni vaqtda ham Afg‘onistonning qishloq hududida yashamoqda.
"U haqiqatan ham futbolni va Messini yaxshi ko‘radi. Bizda o‘g‘limga haqiqiy libosni sotib olish uchun imkon yo‘q, men oddiy dehqonman. Shuning uchun bolalar paketdan foydalanishgan. Murtaza interneti bo‘lgan do‘stlari orqali o‘zining mashhurlashib ketgani haqida eshitdi", dedi ota.
Murtazoning otasi xorijiy mamlakatlar o‘g‘lining o‘z kumiri bilan uchrashishida yordam berishiga umid qilmoqda.
Images: Boy wearing Messi shirt made of plastic bag has been located #fcblive [via @illmindofrobin @messimagician10] pic.twitter.com/lRGBZnr08q
— barcastuff (@barcastuff) 26 yanvarya 2016
Biroz oldinroq, turkiyalik internet foydalanuvchilari polietilen paketdan Argentina termasi formasini eslatuvchi ranglarga ega futbolka yasab, kiyib olgan bola suratini tarqatishgandi. Suratda Dahuk shahrida yashovchi bola orqa tomonidan ko‘rsatilgan, bu surat tezda internetda tarqalib ketgandi.
Ushbu fleshmob haqida Lionel Messining o‘zi xabar topdi va bolaga yordam berish istagini bildirgandi.