Jahon | 12:43 / 30.01.2016
5968
1 daqiqa o‘qiladi

Al-Aqsodagi terakt tafsilotlari oshkor qilindi

Kecha Jidda shahriga yaqin al-Aqso tumanidagi al-Ridha masjidida sodir etilgan, 4 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, 18 kishini jarohatlangan portlash tafsilotlari OAVda yoritildi.

Saudiya Arabistoni IIV matbuot kotibi general-mayor Mansur at-Turkiy bergan bayonotga ko‘ra, ikki nafar xudkush masjidga kirmoqchi bo‘lganida qo‘riqlash xodimlarida shubha uyg‘otgan va to‘xtatilgan. Shu onda terrorchilardan biri o‘zini portlatib yuborishgan. Ikkinchi terrorchi otishmadan so‘ng yaralanib, qo‘lga olingan. Qo‘riqlash xizmatining ikki xodimi yengil jarohat olgan.

At-Turkiy yozuvchilar, jamoat arboblari va jurnalistlarni bunday teraktlarga olib kelayotgan mafkuralarni qoralashga chaqirdi.