Jamiyat | 19:39 / 30.01.2016
4435
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik ayol inson buyraklarini savdosi uchun sud qilindi

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida inson buyraklari savdosi bilan shug‘ullangan ayol 18 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jabrdiyda esa guvoh sifatida toifalanib, hech qanday tovon puli ololmadi.

Avvaliga o‘z buyragini berib, nogironga aylangan erkak mazkur ishda jabrdiyda sifatida qatnashayotgan edi. 2015 yilning yozida olma-otalik 40 yoshli erkak murakkab moliyaviy ahvoli sababli o‘z buragini sotishga qaror qilgan edi. Xaridor esa Ostonadan topildi.

Ayol o‘zganing buyragi evaziga kasal qizining hayotini saqlashni rejalashtiradi.

Biroq yakunda kelishilgan 15 ming dollar sotuvchiga qadar yetib bormaydi. Shundan so‘ng erkak politsiyaga murojaat qiladi.