Jamiyat | 19:37 / 30.01.2016
17546
1 daqiqa o‘qiladi
Sherali Jo‘rayevning “Parijon” klipiga Shoh Jahon Jo‘rayev rejissyorlik qilmoqda
O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev o‘zining “Parijon” deb nomlangan yangi qo‘shig‘iga ilk marotaba videoklip suratga olmoqda. Bu haqda hofizning farzandi Shoh Jahon Jo‘rayev o‘z Instagram sahifasi orqali ma'lum qildi.
“Parijon” qo‘shig‘ining matni hamda musiqasi Sherali Jo‘rayevga tegishli. Klip rejissyori Shoh Jahon Jo‘rayev. Unga bu ishda Shuhrat Mavlonov yordam bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda klipning suratga olish jarayonidan olingan lavhalar paydo bo‘lmoqda va unda ma'lum bo‘lishicha, Sherali Jo‘rayev “Parijon”da retro uslubda namoyon bo‘ladi.