Fan-texnika | 11:18 / 30.01.2016
5674
1 daqiqa o‘qiladi
Yangi Boeing 737 MAX birinchi parvozini amalga oshirdi
Yangi rusumdagi Boeing 737 MAX havo kemasi birinchi marta sinov parvozini amalga oshirdi. Bu haqda AQSh aviakorporatsiyasining rasmiy sayti orqali xabar qilindi.
2 soat 47 daqiqada samolyot Vashington shtatidagi Renton shahridan korporatsiyaning Siettldagi uchish maydonchasiga yetib bordi. Sinov parvozi doirasida havo kemasi maksimal 7.6 ming m balandlikka va 463 km/soat tezlikka erishdi.