Sport | 00:38 / 31.01.2016
3178
2 daqiqa o‘qiladi

“Manchester Siti”, “Arsenal”, “Kristal Pelas” va “Uotford” Angliya kubogining nimchorakfinaliga chiqdilar

“Manchester Siti” Angliya kubogining 1/16 finalida mezbonda “Aston Villa“ni 0:4 hisobida mag‘lub etdi. Kelechi Ixenacho xet-trik qayd qildi, yana bir to‘pni Raxim Sterling kiritdi.

“Arsenal” o‘z maydonida “Byornli”ni 2:1 hisobida yutdi. To‘plarni “Arsenal” safida Kalum Chembers va Aleksis Sanches, “Byornli” safida Sem Vouks kiritdi.

“Kristal Pelas” o‘z maydonida ” Stok Siti“ni minimal hisobda yutdi, uchrashuvdagi yagona to‘pni Uilfrid Zaxa kiritdi.

“Uotford” mehmonda “Nottingem Forest“ni 0:1, “Lids” mehmonda “Bolton”ni 1:2 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Kristal Pelas”, “Uotford”, “Lids” Angliya kubogining nimchorakfinaliga yo‘l oldilar.

Anglii kubogi. 1/16 final
Aston Villa – Manchester Siti – 0:4
Gollar: Ixenacho, 4 (0:1); Ixenacho, 24 (0:2, pen); Ixenacho, 74 (0:3); Sterling, 76 (0:4).

Arsenal – Byornli – 2:1
Gollar: Chembers, 19 (1:0); Vouks, 30 (1:1); Sanches, 53 (2:1).

Kristal Pelas – Stok Siti – 1:0
Gol: Zaxa, 17 (1:0).

Nottingem Forest – Uotford – 0:1
Gol: Igalo, 89 (0:1).

Bolton Uonderers – Lids Yunayted – 1:2
Gollar: Doukara, 8 (0:1); Dyaguraga, 39 (0:2); Pretli, 80 (1:2).