IT sohasi bo‘yicha dunyoning eng boy 5 odami
IT sohasi bugungi kunning eng zamonaviy, innovatsion va istiqbolli tarmoqlaridan biriga aylanib qoldi. Shu bois ushbu sohada faoliyat yuritib, yirik moliyaviy yutuqlarga erishayotgan insonlar soni ham tobora ortib bormoqda.
Forbes birinchi marta jahonning mazkur soha orqali milliardlar ishlagan boyvachchalari reytingini e'lon qildi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu sohadagi eng boy yuz shaxsning umumiy boyligi 842.9 mlrd dollarni tashkil qiladi. Dastlabki yettilikka ushbu mablag‘ning 231.4 mlrd dollarlik qismi tegishli.
IT sohasi bo‘yicha dunyoning eng boy 5 odami quyidagilardir:
1. Bill Geyts – 79.2 mlrd dollar. U ayni paytda sayyoramizning eng boy odami hamdir. Microsoft asoschilaridan biri nafaqat eng yirik milliarder, u xayriyaga pul ajratish bo‘yicha ham birinchilikni zabt etgan. Ochiq manbalarga ko‘ra, 1994-2010 yillarda u Bill va Melinda Geystlar jamg‘armasiga 28 mlrd dollar kiritgan. 2010 yilda esa u barcha milliarderlarga boyligining yarmini xayriya ishlariga sarflashni taklif qildi;
2. Larri Ellison – 54.3 mlrd dollar. Oracle asoschisi ilk bora Forbes ro‘yxatlarida 1986 yili tilga olindi – o‘shanda uning boyligi bor-yo‘g‘i 185 mln dollarni tashkil qilardi. 2014 yilning sentabridan milliarder o‘zi asos solgan kompaniya bosh direktorligini tashlab, korporatsiyaning dasturiy va apparat ta'minoti yo‘nalishini boshqarish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
3. Jyeff Bezos – 34.8 mlrd dollar. Amazon internet do‘konlari tarmog‘idan tashqari, unga Blue Origin aerokosmik kompaniyasi hamda The Washington Post matbaa uyi ham tegishlidir. Uning faoliyati muvaffaqiyatsizliklardan ham holi emas: 2014 yili bozorga o‘z smartfonini chiqarishga bo‘lgan urinish omadsizlik bilan yakunlandi.
4. Mark Tsukerberg – 33.4 mlrd dollar. Jahondagi eng yirik ijtimoiy tarmoq bo‘lmish Facebook.com asoschisi. Unga Instagram fotoservisi va WhatsApp messenjeri ham tegishlidir. Bundan tashqari, u jahon tarixidagi eng yosh milliarder hamdir. 2015 yil dekabrida Tsukerberg o‘zining qariyb butun boyligini xayriyaga sarflashini ma'lum qildi.
5. Larri Peyj – 29.7 mlrd dollar. Google kompaniyasi asoschilaridan biri. 2014 yili u uy uchun innovatsion texnika ishlab chiqaruvchi Nest Labs hamda kuzatuv kameralari ishlab chiqaruvchi Dropcam kompaniyalarini xarid qildi. Larri Sergey Brin bilan birgalikda Boeing 767 yo‘lovchi samolyotini xarid qilgan.