Jahon | 07:29 / 01.02.2016
19870
1 daqiqa o‘qiladi
IShID o‘zining 20 nafar jangarisini qatl etdi
Iroqning Mosul shahrida IShID dezertirlik qilgani uchun o‘zining 20 nafar jangarisini namoyishkorona qatl etdi.
Bu jangarilar Mosulning g‘arbida joylashgan nazorat-o‘tkazish punktida ushlanib, shariat sudiga topshirilgan.
Qatl shaharning markazida olomon ko‘z o‘ngida amalga oshirilgan.
Bu IShID o‘z jirkanch qabihliklarini o‘z jangarilariga ham qo‘llayotgan birinchi holat emas. Yanvarda Iroq armiyasi bilan janglarda muhim pozitsiyalarni boy bergan jangarilar o‘z safdoshlari tomonidan tiriklayin yoqib yuborilgan. Dekabr oyida esa kamida o‘n jangari o‘z postini tashlab ketgani uchun qatl etilgan.