Messi o‘zining futbolkasini polietilen paketdan yasab olgan afg‘onistonlik muxlis bola bilan uchrashishga tayyor
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Afg‘onistonda yashovchi 5 yoshli bolakay Murtazo Ahmadi bilan uchrashishga tayyorligi ma'lum qilindi.
Oldinroq internetda Ahmadining plastik paketdan futbolka yasab, unga Messi deb yozib olgan surati paydo bo‘lgan edi. Argentina terma jamoasi hujumchisi bu bolakay bilan uchrashishga rozi ekani xabar qilingan.
"Afg‘oniston futbol federatsiyasi rahbariyati Messi va "Barselona"dan uchrashuv xususida xabar oldi", degan federatsiya matbuot kotibi Sayid Ali Kozimiy.
Barcelona football star Lionel Messi seeks to meet Afghan boy in plastic jersey https://t.co/1uJTbnrrMg pic.twitter.com/zCVR1y45GO
— AFP news agency (@AFP) 1 fevralya 2016
Futbolchining otasi Xorxe Messi ham bolakay suratlarini ko‘rganini va unga qandaydir yo‘l bilan yordam bermoqchiligini aytgan.
Messining polietilen paketdan yasalgan futbolkasini kiyib olgan bola Afg‘onistondan topildi