O‘zbekistonliklar ham “Boyqo‘ng‘ir” va “Sharqiy” kosmodromlariga sayohat qilishlari mumkin
O‘zbekiston sayyohlik operatorlari yer usti kosmik turizmini rivojlantirish bo‘yicha loyiha doirasida hamkorlik qilish uchun Rossiyaning Yer usti kosmik infratuzilmalari obektlaridan foydalanish markazi reyestriga kiritildi.
Gazeta.uz`ning “Roskosmos” davlat korporatsiyasi xabariga tayanib ma'lum qilishicha, mazkur reyestrga jami bo‘lib 40dan ziyodroq kompaniya kiritilgan bo‘lib, ularning 26tasi Rossiya, 7ta Qozog‘iston va 1tasi O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatadi.
“Biz — sayyohlarni ushbu ikki kosmodromga jo‘natish imkoniyatini rasman qo‘lga kiritgan mamlakatimizdagi yagona kompaniya hisoblanamiz”, - dedi Advantour menejyeri Shuhrat Usmonov. — Ayrim mijozlarimiz istagiga ko‘ra, besh yildan buyon “Boyqo‘ng‘ir”ga turlar tashkil etishga harakat qilib kelayotgan edik. Mana, o‘tgan haftada shunday quvonchli xabarni eshitdik”. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha sayohatlar qanday tartibda amalga oshirilishi ma'lum emas. Yaqin kunlarda sayohatlar shakli va dasturlari e'lon qilinadi.