Jahon | 10:29 / 01.02.2016
6215
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston prezidenti qisqa muddatli mehnat ta'tiliga chiqdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev qisqa muddatli mehnat ta'tili oldi, deya xabar qilindi davlat rahbarining rasmiy saytida.
“Bugun, 2016 yil 1 fevral kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev qisqa muddatli mehnat ta'tili oldi”, - deyiladi rasmiy xabar matnida. Ta'til sabablari va uning qachon tugashi haqida xabar qilingani yo‘q.