Fan-texnika | 18:49 / 03.02.2016
18744
2 daqiqa o‘qiladi

Ixcham Chevrolet Spark «yo‘ltanlamas»ga aylandi

Chevrolet kompaniyasi Nyu-Delidagi Auto Expo ko‘rgazmasida ixcham Beat xetchbeki bazasida qurilgan Beat Activ (boshqa bozorlarda Spark nomi bilan sotilayotgan) avtomobilni namoyish etdi.

Kontsept-kar General Motors konsernining janubiy koreyaliklarga tegishli dizayn-studiyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Xetchbek yirik yo‘l yoritgichiga ega. Ikkinchi eshik yukxona. Kuzovning pastki qismi plastik himoya bilan ta'minlangan. Shuningdek, avtomobilda reylinglar, spoyler(avtomobil ortiga havo qarshiligini yengish va bezak sifatida o‘rnatiladigan qanotsimon moslama) hamda tumanga qarshi maxsus faralar mavjud.

Tijoriy model Hindistonning Beat platformasida yig‘iladi. Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, dvigatellar safidan 1,2-litrli benzin va 1 litr hajmli dizel motor o‘rin oladi. Birinchi motor 78, ikkinchi motor 57 ot kuchiga ega.

Chevrolet Beat Activ Hindiston bozorida Hyundai i20 Active, Toyota Etios Cross, Fiat Avventura va Volkswagen Cross Polo kabilar bilan raqobat qilishi kutilayapti.