Jahon | 08:29 / 03.02.2016
4053
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya sun'iy yo‘ldosh o‘rniga raketa uchirmoqchiligini ta'kidlamoqda

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya sun'iy yo‘ldosh emas, balki uzoq masofali ta'sir doirasiga ega raketa uchirmoqchiligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Janubiy Koreyaning bu masaladagi bayonotida Shimoliy Koreya buni amalga oshirsa, jiddiy haq to‘lashi aytilgan.

Bayonotga ko‘ra, Janubiy Koreya Shimoliy Koreyadan rejalashtirgan uchirishni zudlik bilan bekor qilishini, chunki u BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga zid ekanligini aytgan.

Avvalroq Shimoliy Koreya milliy koinot dasturi doirasida sun'iy yo‘ldosh uchirishini ma'lum qilgandi.