Jahon | 18:13 / 04.02.2016
3938
1 daqiqa o‘qiladi

Xakerlar Alibaba’ning “bulutli” xizmatidagi 20 million akkauntni buzishdi

Xitoylik xakerlar Alibaba Group kompaniyasiga tegishli “bulutli” xizmatidagi 20 milliondan ziyod faol foydalanuvchilar sahifasiga kiberhujum uyushtirishdi. Bu haqda
Reuters xabar bermoqda.

Alibaba vakilining ma'lum qilishicha, mutaxassislar hujumlarni birinchi bosqichidayoq aniqlab, foydalanuvchilarga parollarni o‘zgartirishni so‘rab murojaat qilishdi. Bundan tashqari, kompaniya tergov doirasida politsiya bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.
Ayni paytda jinoyatchilar qo‘lga olingan.

Taxminlarga ko‘ra, kiberhujum Alibaba platformasidagi nosozlik sababli amalga oshgan, biroq kompaniya matbuot kotibi tizim ishonchli himoya ostida ekanini tasdiqlagan.