Jahon | 10:44 / 06.02.2016
16847
2 daqiqa o‘qiladi

Internet foydalanuvchilari suratdagilarning qaysi biri qolgan ikkisining onasi ekanini farqlay olishmadi

Amerikalik ona o‘zining egizak qizlari bilan tushgan suratini internetga joylashtirgach, bu surat mashhurlashib ketdi. Yanvar oyining oxirida Keylan Maxoms Twitter tarmog‘idagi akkauntidan oilaviy suratni joylashtirgan va unga "Oyim, egizagim va men", deya izoh qoldirgandi. Foydalanuvchilar ulardan qaysi biri ona, qaysilari uning qizlari ekanini aniqlay olishmayapti.

Ayni vaqtgacha bu tvit 45 mingdan ziyod "layk" to‘plashga ulgurdi. Shuningdek, bu tvit 25 ming martadan ziyod retvit qilingan.

CNN xabarida taxmin qilinishicha, oxir-oqibat bu suratdagilar egizak bo‘lib chiqishi ham mumkin.

"Ularning uchalasi ham egizakka o‘xshaydi. Voqealar rivojini kuzatamiz", deyiladi xabarda.

Bu xabarda foydalanuvchilar suratdagilardan qay biri ona ekanligi ustida bosh qotirayotgani va haligacha buni aniqlashning imkoni bo‘lmaganiga e'tibor qaratilgan.

New York Daily News nashrida esa bu surat o‘tgan yilning shu vaqtida "ko‘ylaklarning qaysi biri qaysi rangda ekani" haqidagi munozaralardan keyin shu ko‘lamda muhokama qilingan ikkinchi surat bo‘lgani aytilmoqda.

Indianapolisda yashovchi bu oila Twitter tarmog‘ida to‘satdan bu qadar mashhur bo‘lib ketganidan keyin Instagram tarmog‘ida ham sahifa ochgan. Bu sahifaga ham shu uchlik ishtirokidagi video joylashtirilgan va bu yerda ham bu uchlikdan kim egizaklarning onasi ekanligini taxmin qilish bo‘yicha munozaralar davom etgan.

Bu videoda ularning uchalasi ham kuladi, faqat eng oxirgi bo‘lib chapdagi xonim kulishni boshlaydi. Aynan oxirgi bo‘lib kulishni boshlagani Keylan va Kaylaning onasi ekani taxmin qilingan.