Rossiyaning eng yangi Su-35 samolyotlari Xmeymim aviabazasida kunbo‘yi navbatchilik qilishni boshlaydi
Rossiyaning eng yangi 4 ta Su-35 qiruvchi samolyoti juft-juft bo‘lib Suriyaning Lataqiya viloyatidagi Xmeymim aviabazasida parvozga bir daqiqalik tayyorgarlik bilan kunbo‘yi navbatchilik qilishni boshlaydi. Bu haqda 5 fevralda Rossiya harbiy-koinot kuchlarining Suriyadagi guruhi vakili ma'lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Samolyotlarning zarba beruvchi aviatsiya bilan harakatlanish prinsipi quyidagicha bo‘ladi: Su-35 havoda bo‘lgan samolyotlarni himoya qiladi va shu bilan ularning ko‘rish maydonini oshiradi. Su-35 juftligidan foydalanganda, samolyotlarning ko‘rish uzoqligi 360 gradus bo‘ylab 400 km gacha yetadi", deb aytdi vakil.
Vakilning aytishicha, Su-35 zarba beruvchi samolyotlarni himoya qilish bilan birga o‘zi ham zarbalar beradi. Samolyot bir vaqtning o‘zida 8 ta nishonni aniqlashi, uni taqib qilishi va ularga hujum qilishga qodir.
1 fevralda Rossiya Xmeymim aviabazasiga 4 ta Su-35 samolyotini tashlagani ma'lum qilingandi.