Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirdi
Shimoliy Koreya 7 fevralda mamlakatning shimoli-g‘arbida joylashgan kosmodromdan raketa uchirdi, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning "Ryonxap" axborot agentligi.
Shimoliy Koreyaning orbitaga kuzatuv sun'iy yo‘ldoshi chiqarishini aytishiga qaramasdan, Pxenyan qit'alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazayotgani taxmin qilinmoqda.
Shimoliy Koreya raketa uchirilishini bir kun oldinga surdi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligida Shimoliy Koreyaning raketa uchirish rejalari bo‘yicha xavotir bildirilgandi. AQSh prezidenti Barak Obama va Xitoy raisi Si Tszinpin jahon hamjamiyatini Shimoliy Koreyaning ig‘volariga javob berishga chaqirgan. Janubiy Koreya esa Shimoliy Koreyaning raketa uchirilishiga "faol" javob berishga tayyorgarlik ko‘rgan, Yaponiya esa ehtimoliy xavfdan himoyalanish uchun Shimoliy Koreya tomon esminets yuborgan.