Hameneiy: Yevropa ayni vaqtda AQShga tobe
Yevropa davlatlari o‘z irodasiga ega emas va AQSh bosimi ostida qolganlar. Bunday fikrni Eronning diniy rahnamosi oyatulloh Ali Hameneiy Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras bilan urashuv davomida bildirdi.
"O‘tgan davrlardan farqli, Yevropa davlatlari hozirda o‘z irodasiga ega emas va AQSh bosimi ostida qolganlar", deb Hameneiy aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi Press TV telekanali. "Buni tan olish va tuzatish kerak", deb qo‘shimcha qildi Hameneiy.
Hozirda Aleksis Tsipras Eronda ikki kunlik safar bilan bo‘lmoqda. 8 fevralda Tsipras Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va vitse-prezident Ishoq Jahongiriy bilan uchrashdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, iqtisodiyot, ilm va texnologiyalar, sayyohlik va madaniy almashuv sohalarida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha bir qator hujjatlar imzolandi.