Jahon | 14:48 / 08.02.2016
14450
1 daqiqa o‘qiladi

IShID jangarilari Iroqning Mo‘sul shahrida 300 kishini qatl qildi

IShID jangarilari Iroq shimolidagi Mo‘sul shahri aholisi bo‘lgan 300 kishini qatl qilgan. Bu haqda mahalliy jangchi guruhlar qo‘mondonlaridan biri Mahmud al-Surjiga asoslanib, TASS agentligi xabar tarqatgan.

"IShID jangarilari Mo‘sulda 300 kishini qatl qildi", deydi Al-Arabiya telekanali orqali markazida Mo‘sul shahri joylashgan Naynava viloyati gubernatori Asilom an-Nujayfiy.

Al-Surji bergan ma'lumotga ko‘ra, qatl qilinganlarning aksari Iroq hukumatining politsiyachilari sifatida ishlaganlar hamda asirlikdagi sobiq harbiylar bo‘lgan.

BMTning Iroqdagi missiyasi tomonidan xabar qilinishicha, 2016 yil hisobidan mamlakatda jangarilar qurbonlari soni 850 nafarga yetgan. Naynava viloyati hududida o‘tgan oyda 55 iroqlik o‘ldirilgandi.