Iqtisodiyot | 19:47 / 09.02.2016
8113
1 daqiqa o‘qiladi

«Navoiyazot» AJga yangi rahbar tayinlandi

2016 yilning 27-29 yanvar kunlari «O‘zkimyosanoat» AJ binosida «Navoiyazot» AJ boshqaruv organlari rahbarligiga nomzodlarni tanlab olish uchun yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish ishtirokchilari bo‘lgan aksiyadorlar bir ovozdan Hasan Farmonov nomzodini qo‘llab-quvvatlashgan.

Bungacha T.M.Saidov vaqtincha «Navoiyazot» AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi hisoblanardi.

«Navoiyazot» AJ (sobiq Navoiy kimyo kombinati) 1964 yilda ishga tushirilgan va azot o‘g‘itlari, nitron tola, organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Ushbu aksiyadorlik jamiyati O‘zyubekiston kimyo sohasining eng yirik korxonasi hisoblanadi. Korxona 70 xildan ortiq tovar mahsulotlari ishlab chiqaradigan, texnik jihozlanganlik va ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha O‘zbekiston kimyo sanoati peshqadami hisoblanadi.