Tramp: AQShga suriyalik bolalar kerakmas
AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzod, milliarder Donald Trampning fikricha, mamlakatga suriyalik bolalar kerakmas, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.
Bunday ta'kidni u Massachusets shtatining Salem shahrida o‘tgan saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.
Ishtirokchilardan biri Trampdan u 5, 8, 10 yoshli suriyalik bolalarning ko‘ziga qarab, ularning bu yerdagi maktablarda o‘qiy olmasligini ayta olish-olmasligiga qiziqib ko‘rdi.
Tramp bu ishni uddalashini aytdi, bunga javoban qarsak chalindi.
“Ularning ota-onalari qayerlik ekanini bilmaymiz, ularda hujjat yo‘q. Ular IShID bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin”, - dedi siyosatchi.
Uning fikricha, boshqacha yo‘llar bilan Suriyaga yordam berish lozim, masalan, mamlakat hududida xavfsiz zonalar yaratish mumkin.