Xakerlar FQBning 20 mingdan ortiq xodimiga oid ma'lumotlarni oshkor qildi
O‘zini DotGovs deb nomlagan xakerlar guruhi tvitterda AQSh Federal qidiruv byurosining (FQB) 20 ming nafar xodimiga oid ma'lumotlarni chop etdi. Bu haqda Tech Insider xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinishicha, lol paroli bilan shifrlangan ma'lumotlar, o‘z ichiga 22 ming 175 kishining ismlari, lavozimlari, telefon raqamlari va pochta manzillarini oladigan hujjatlar ochilgan. Bu hodisa xuddi shu xakerlar guruhining AQSh Milliy xavfsizlik departamenti xodimlaridan 9372 nafari haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘irlashidan 24 soat vaqt o‘tib sodir bo‘ldi.
Bu hujum tufayli ma'lumotlari oshkor bo‘lgan FQB xodimlari orasida 1300 nafardan ortiq tahlilchi va 1800 nafardan ortiq nomi J harfi bilan yakunlanuvchi maxsus agentlar borligi aytilgan. Bu hujum ta'sir qilgan Milliy vazirlik xodimlari ro‘yxatida esa A dan Z gacha bo‘lgan harflar bilan nomlangan yuzdan ortiq razvedka tahlilchilari bor.
Mazkur holatni adliya vazirligi tekshirmoqda. Vazirlik vakili Petr Karr shaxsiy ma'lumotlar o‘g‘irlanganini tasdiqladi, biroq ularning o‘ta muhim emasligini bildirmoqda.
Qayd etish kerakki, tvitterdagi bu haqdagi tvitlarga #FreePalestine (Ozod Falastin) heshtegi qo‘yilgan.