Jahon | 16:08 / 10.02.2016
4032
1 daqiqa o‘qiladi
Nazarboyev pensiya jamg‘armasining erkin mablag‘larini investitsiya qilib kiritishga topshiriq berdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 10 fevral kuni o‘tgan hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida erkin pensiya mablag‘larini investitsiya sifatida iqtisodiyotga kiritishga topshiriq berdi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar bermoqda.
“2016 yilda 1 trln 450 mlrd tanga miqdoridagi erkin pensiya yig‘imlarini bir nechta yo‘nalishlarga investitsiya qilib kiritishni topshiraman”, - dedi Nazarboyev.
Bundan tashqari, “Nurli jo‘l” dasturi doirasida infrastruktur loyihalar realizatsiyasini tezlashtirish maqsadlarida 2016 yilda 76 mlrd tanga ajratishga topshiriq berdi.