O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda ilk NPK o‘g‘itlar zavodi qurildi
O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi Samarqandda Samarkand-NPK o‘g‘itlar zavodini qurib bitirdi. Bu haqda Samarqand hokimiyati vakili ma'lum qilgan.
NPK o‘g‘itlar – bu azot, forfor va kaliy moddalarini turli nisbatda birlashtirigan o‘g‘it turi hisoblanadi.
“Samarqandkimyo” AJ asosida qurilgan zavod quvvati – yiliga 240 ming tonna NPK o‘g‘it ishlab chiqaradi. Qo‘shma korxona Xitoyning Jiangsu Right Machinery Group Co., Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan edi.
“Samarqandkimyo” AJ 1954 yilda ish boshlagan. Hozirgi vaqtda zavod quvvati — yiliga 25 ming tonna ammofos ishlab chiqarishga teng.
“O‘zkimyosanoat” DAJ murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish niyatida, 2018 yilga qadar Navoiy viloyatida qiymati 380 mln dollar bo‘lgan zavod qurishga qaror qilgan. Zavod quvvati yiliga 145 ming tonna fosforli, 150 ming tonna NPK o‘g‘itlar va 650 ming tonna oltingugurt ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Zavodni Markaziy Qizilqumda, fosforit moddalar konida joylashtirish rejalashtirilgan.