O‘zbekiston | 13:51 / 11.02.2016
8619
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki nafar o‘zbekistonlik Qozog‘iston medali bilan taqdirlandi

O‘zbekiston ilmiy doiralar vakillari Qozog‘iston xalq Assambleyasining 20 yilligi munosabati bilan «Qozog‘iston xalq Assambleyasiga 20 yil» yubiley medali bilan taqdirlandi.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning farmoniga binoan mukofotlanganlarni taqdirlash marosimi 10 fevral kuni mazkur mamlakatning Toshkentdagi elchixonasida o‘tkazildi.

«Gazete.uz»ning xabar berishicha, O‘zFA Tarix instituti “Zamonaviy tarix va xalqaro tadqiqotlar” bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, filologiya fanlari nomzodi Ravshan Nazarov va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universtitetining “Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi Alisher Sobirov ana shunday medalga sazovor bo‘lgan.