Jamiyat | 18:58 / 12.02.2016
16266
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda endi alkogol xarid qilish uchun pasport ko‘rsatish talab etiladi

Sotuvchilar 20 yoshdan kichik ko‘ringan xaridorlardan yoshini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishini talab qilishlari shart hisoblanadi.

Chakana savdo qoidalariga kiritiladigan tegishli tuzatishlar va boshqa hujjatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorlandi. Hujjatlar loyihalari O‘zbekiston interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida e'lon qilindi.

Unga ko‘ra, alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanadigan savdo nuqtalari sotuvchilariga 20 yoshdan kichik ko‘ringan xaridorlardan yoshini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishni talab qilish majburiyatini yuklash rejalashtirilmoqda. Agar uning hujjati bo‘lmasa, bunday xaridorlarga mahsulot sotishdan bosh tortiladi.

Shuningdek, hujjatga alkogol mahsulotlarini savdo avtomatlari orqali sotish hamda alkogol va tamaki mahsulotlari ko‘rinishdagi bolalar o‘yinchoqlari, shirinliklar, boshqa buyumlarni sotishni taqiqlashni kiritish ko‘zda tutilmoqda.